06Mar-2025
Үлкен хәм киши жастағы өзбек әдебиятлар
«Tillafurush-1»
Boqiy Mirzo
«Tillafurush» romani yozuvchi Boqiy Mirzoning birinchi yirik nashriy asari sifatida «Begoyim» gazetasida bosilgandan keyin muxlislari yanada ko’paydi. Sababi asar hayotiy voqealar asosiga qurilgan. Boylik tufayli ikki ayol o’rtasida paydo bo’lgan nizo va dushmanlikni tasvirlar ekan, muallif hayotiylikdan chekinmaydi, boylikka ruju qo’yish oqibatlari, inson fe’lida paydo bo’lgan salbiy o’zgarishlarni mustahkam axloqiy me’yorlarga tayangan holda tahlil qiladi. Xulosa chiqarishni esa kitobxonning o’ziga qoldiradi. Asarni o’qib ko’rgach, o’zingiz ham bunga amin bo’lasiz.

«Qirq yolg’on»
O’zbek xalq ertagi
Aziz bolajonlar! Siz uchar devlarni, Sichqonboy, Qo’ng’izboy, Mulla Tappak haqida bilishni xohlaysizmi? Unda bu ertaklarni o‘qishga shoshiling. Agar ertak sizga yoqib qolsa, albatta uni o‘rtoqlaringizga, ukangiz va singlingizga aytib bering. “Qirq yolg ‘on ” ertaklar kitobidan siz to‘g ‘ri bo‘lishni, yolg ‘on gapirmaslikni o ‘rganasiz. Qo’lingizdagi “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” turkumi ostidagi kitob sizga olam-olam zavq bag’ishlaydi.
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan taqdim qilinayotgan ushbu kitob, sizning ajralmas do‘stingizga aylanadi, degan umiddamiz.
«Osiy banda»
Odil Yoqubov
XX asrning ulkan adiblaridan biri Odil Yoqubovning uning vafotidan so’ng dunyo yuzini ko’rayotgan bu kitobiga adibning oxirgi yillarda qattiq ter to’kib yozgan «Osiy banda», «xotiralar», «Qarnoq» singari badiiy asarlari jamlandi. Ular alohida asar – lar bo’lsa ham, xuddi bir-birining mantiqiy davomiday hayajon bilan o’qiladi. Ularda adib turg’unlik deb atalgan yillarning murakkab, ziddiyatli o’ta dramatik voqealarini qalamga oladi. O’zi hayotda ko’rgan, bilgan, boshidan kechirgan voqealarni haqqoniy badiiy tarixga, Real shaxslarni esa o’zida davr muhrini tashigan, davrning yulduzi va sayyorasi bo’lgan jozibador, badiiy go’zal, yuksak darajada ibratli badiiy qahramonlarga aylantiradi. U yaratgan ota, Onaizor badiiy tafakkurning noyob mulki, ular boshdan kechirgan ko’rgiliklar haqida ko’z yoshi to’kmasdan o’qish mumkin emas. Odil Yoqubov bu asarlarni xalq uchun yozgan. U hamon xalqning xizmatida kamarbasta.