Kutubxona tuzilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ – 4354-sonli qaroriga asosan, Mo‘ynoq tumani Axborot-kutubxona markazini tashkil etish va yangi ustavida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hokimining 2019-yil 25-oktyabrdagi 138-b sonli buyrug‘i bilan vaqtincha 2019-yil 1-noyabrdan o‘z ishini boshladi.
Mo‘ynoq tumani Axborot-kutubxona markazida o‘n besh nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi, 59206 kitob fondiga ega, shundan bolalar adabiyoti – 2082, badiiy adabiyot – 47191, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar – 1953,
elektron kitoblar 3305.
Kutubxonamizda to‘rtta xizmat ishi olib borilmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati
Ma’lumot-bibliografiya xizmeti
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularni qayta ishlash xizmati
Kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan.
Sotsial tarmoqlar:
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61561385314421
Instagram: https://www.instagram.com/moynaq_rmko?utm_source=qr&igsh=MXNqMDg4azFxMG52ZA==
telegram kanal: https://t.me/muynakmko
telegram gruppa: https://t.me/mkomoynaq
Youtube: https://youtube.com/@mko-akm?si=idj8pEVHpEQMYkpE