Vazifalar
Mo‘ynoq tumani axborot-kutubxona markazida rahbarlik qiladi,
xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Tuman axborot-kutubxona markazining moliyaviy hisob-kitob faoliyatiga, me’yoriy-huquqiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, markazda kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirishga rahbarlik qiladi;
Tuman axborot-kutubxona markazi fondini matbuot asarlari va elektron resurslar bilan boyitish yo‘llarini izlaydi, nashriyotlar va boshqa axborot tashkilotlari bilan sheriklik ishlarini olib boradi;
Zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ma’lumotlarni olish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-kutubxona bazasini yaratish;
Markaz xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini, xizmatlar vazifalarini belgilaydi, lavozim yo‘llanmalarini, ichki tartib qoidalariga oid normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
Markaz jamoasining ijtimoiy, huquqiy, ilmiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etadi;
Davlat hamda markaz mulki saqlanishi va ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratadi;
Markazning tasdiqlangan xizmatlariga va xodimlarning cheklangan shtat birliklari soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Markaz xodimlarining amaldagi mehnat qonunlariga qat’iy rioya etishini ta’minlaydi;
Markaz resurslarini saqlash, ulardan foydalanishni samarali tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqadi;
Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalariga javob beradi;
Tashkilot nomidan harakat qiladi.