Bugun 14-aprel – Tatar shoiri Abdulla To’qay tavallud topgan kun
Abdulla To’qay – taxallusi, asl ismi To’qaev Gabdulla Muhammadgarifovich – tatar shoiri, publisist.
1886-yil 14-aprelda Qozon gubernyasi Qushlovich qishlog’i (Archa tumani) da tug‘ilgan.
Abdulla To’qay tatar adabiyotida tanqidiy realizmga, bolalar adabiyotiga asos soldi. Zamonaviy tatar adabiy tilini yaratuvchilardan biri bo’ldi.
Taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi eskilik sarqitlariga, mutaassiblikka qarshi kurash, ilg’or ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surish shoir ijodining muhim mavzularidir.
Abdulla To’qay she’rlari dastlab 1913-yilda o’zbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan («Tuvgon til» — Avloniy, «Turkiy guliston», Toshkent, 1913 va boshqalar).
Tataristonda Abdulla To’qay nomidagi respublika davlat mukofoti ta’sis etilgan (1966). Toshkentdagi ko’chalardan biriga Abdulla To’qay nomi berilgan.